Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov ozod etilishi mumkin

Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov ozod etilishi mumkin

Rashidjon Qodirov (o‘ngdan birinchi) Shuhrat Uzoqov bilan birgalikda ShHTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari yig‘ilishida. Toshkent. 2014-yil 8-oktabr.

Foto: «Genproc.gov.ru»

Bugun, 28-iyun kuni ish boshlagan Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar Rashidjon Qodirov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari bilan bog‘liq savollar berdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Savollardan biri sobiq bosh prokuror R.Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining qanday ketayotgani haqida bo‘ldi. Bunga javoban Bosh prokuror O.Murodov ayni paytda R.Qodirov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etayotganini ma’lum qildi.

O‘zAning yozishicha, jinoyat-protsessual qonunchilik nuqtai nazaridan tergov tafsilotlari oshkor etilmaydi.

Bir narsani aytib o‘tish mumkinki, sobiq bosh prokuror Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 24 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.

— Fuqarolarga shuni yetkazib qo‘yish kerakki, — deb qayd etdi Bosh prokuror, — bu kabi jinoyat ishlari qo‘zg‘atilishidan maqsad — bunga yo‘l qo‘ygan shaxslarni qamash emas, balki yetkazilgan zararni undirish. Boshqacha aytganda, ular yegan narsalarini joyiga qo‘yib qo‘ysa, qamoqdan ozod qilinib, qo‘yib yuborilishi ham mumkin.

Lekin talon-toroj qilingan mablag‘lar juda katta miqdorni tashkil etadi. Vaqti kelib xalqimiz buning hammasini bilib oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring