Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq bitiruvchilar maktabga 50 million so‘m hadya qilishdi

Sobiq bitiruvchilar maktabga 50 million so‘m hadya qilishdi

Foto: Xabar.uz

Qorako‘llik sobiq bitiruvchilar o‘zlari o‘qigan maktabga 50 million so‘mlik homiylik yordami ko‘rsatdi, deya «Xabar.uz» ga ma’lum qildi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sherzod Hamroyev.

Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining sobiq o‘quvchilari o‘zlari o‘qigan maktabning ta’mirga muhtoj qismlarini ta’mirlashga bosh-qosh bo‘lish tashabbusi bilan chiqishgan.

Maktab direktori Umid Nurovning ma’lum qilishicha, 50 million so‘m mablag‘ maktab binosining ichki va tashqi qismlari, jumladan, faollar zali, hojatxonalar hamda maktab hovlisidagi favvorani ta’mirlashga sarflanadi.

«Tumanning Sayyod mahallasida joylashgan maktabimiz 1926 yilda tashkil topgan. 1176 o‘quvchi o‘rniga ega. To‘g‘risi, maktabimizning ta’mirga muhtoj qolgan qismlari talaygina. Uni ta’mirlashda maktabimiz sobiq bitiruvchilarining ixtiyoriy ravishda tashabbus bilan chiqib, ko‘mak ko‘rsatishgani, to‘g‘risi, biz uchun kutilmagan quvonch bo‘ldi»,- dedi maktab direktori Umid Nurov.

Ayni vaqtda mazkur maktabda 16 nafar oliy, 34 nafar birinchi va 16 nafar ikkinchi toifali o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring