Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfon va kompyuterlarga qilinadigan asosiy hujum turlari ma’lum qilindi

Smartfon va kompyuterlarga qilinadigan asosiy hujum turlari ma’lum qilindi

«Cisco» kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, kiberjinoyatchilar jinoyat sodir etishda asosan to‘rt turdagi harakatlardan foydalanishi qayd etilgan:

Kriptomayning (qurilmangizga yashirin havola yuborish orqali uni mayning uchun ishlatishadi);

Fishing (zararli havola orqalima’lumotlaringiz qo‘lga kiritiladi);

Troyan (virus turi bo‘lib, qurilmani ishdan chiqarish, undagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish bo‘yicha zararli dasturlar yuborish va h.k.);

Ransomvar (virusli dasturlar yuborib, tovlamachilik yo‘li orqali pul talab qilish).

«O‘zingiz bilmagan va tekshirilmagan havolalarga kirmaslik va turli xildagi kelib chiqish manbasi aniq bo‘lmagan fayllarni qurilmangizga yuklab olmaslik tavsiya etiladi», deyiladi mutaxassislar izohida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring