«Siz tomon yo‘l oldik» loyihasi tashkilotchilari Toshkent viloyatida bo‘ldi (foto)
«Inson qadri» tamoyiliga asoslangan «Siz tomon yo‘l oldik» loyihasi bu safar Toshkent viloyati bo‘ylab amaliy targ‘ibotni boshlab yubordi.
Qayd etilishicha, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani hokimligi binosida 100 ga yaqin, kunning ikkinchi yarmida esa Oqqo‘rg‘on tumanidagi Monomarkazda 200 ga yaqin aholi uchun elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etildi.
Treninglar qiziqarli o‘tib, savol-javoblarga boy bo‘ldi. Yig‘ilganlar ortiqcha ovoragarchilikka barham beruvchi va shaffoflik tamoyillariga asoslangan elektron davlat xizmatlariga katta qiziqish bildirgani uchun Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish (OneID), elektron raqamli imzo olish, ularni my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda qo‘llash kabi jarayonlar real vaqt rejimida ko‘rsatib berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Siz tomon yo‘l oldik» loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida uchrashuvlar tashkil etilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter