Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siz mehnat migrantimisiz va uyga muhtojmisiz?

Siz mehnat migrantimisiz va uyga muhtojmisiz?

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-sonli farmoniga asosan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda respublikamizning barcha hududlarida ko‘p kvartirali uylardan jami 3462 ta xonadon ajratilishi belgilangan.

Ushbu xonadonlarga ega bo‘lish uchun dastlab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mintaqaviy filiallariga murojaat qilishi talab etiladi.

Xorijda qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshiriyotgan migrant nomidan uning oila a’zolari (ota-ona, opa-singil, aka-uka, turmush o‘rtoq, farzandlar) ariza topshirishga haqli.

Agentlik filiallari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 yanvardagi 39-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, imtiyozli uy olish uchun mehnat migranti «Labormigration.uz» dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tasdiqnoma beriladi.

Shundan so‘ng mehnat migranti nomidan mazkur tasdiqnoma asosida uning doimiy ro‘yxatga olingan manzili bo‘yicha viloyat, tuman, shahar komissiyalariga ariza topshiriladi.

Imtiyozli uyga ega bo‘lish istagidagi mehnat migrantlari nomidan ularning yaqin qarindoshlari «Labormigration.uz» dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tish va tasdiqnoma olish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga murojaat qilishi mumkin.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi  61 222-53-32 / 61 222-53-34
  • Andijon viloyati  95 202-33-55
  • Buxoro viloyati  65 226-56-92 / 99 708-49-98
  • Jizzax viloyati  72 226-91-97 / 72 226-91-87
  • Qashqadaryo viloyati  75 224-05-25 / 97 770-04-92
  • Navoiy viloyati  79 224-11-60
  • Namangan viloyati  69 227-94-64 / 69 227-97-27
  • Samarqand viloyati  66 233-24-00 / 66 233-53-00
  • Sirdaryo viloyati  67 225-55-59
  • Surxondaryo viloyati  76 222-45-22
  • Toshkent viloyati  71 250-78-15 / 71 281-24-72
  • Farg‘ona viloyati  73 244-40-01 / 73 244-40-05
  • Xorazm viloyati  62 224-12-35 / 97 518-12-35
  • Toshkent shahri  71 202-33-55 (ichki raqam 39) / 97 429-84-20
  • Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring