Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siz kutgan yangilik: payme’da to‘lovlar uchun 1% keshbek ishga tushyapti

Siz kutgan yangilik: payme’da to‘lovlar uchun 1% keshbek ishga tushyapti

Har bir kun — o‘nlab kichik vazifalardan iborat. Bog‘cha to‘lovi, kommunal xizmatlar, internet, jarima, o‘qish… Bularni eslab qolish va o‘z vaqtida to‘lash kerak. payme bularning barchasini tez va qulay hal qilishga yordam berib kelmoqda. Endi bu yordam yanada manfaatliroq bo‘ladi!

Tez orada ilovada siz uzoq kutgan imkoniyat paydo bo‘ladi: to‘lovlar uchun 1% keshbek. Bu aksiya yoki vaqtinchalik taklif emas, balki payme’ni har kuni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik ifodasidir.

Keshbek payme plus obunasining «Hammasi ichida» tarifiga ega foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Jarayon avtomatik tarzda ishlaydi: siz to‘lov qilasiz — keshbek hisobingizga tushadi.

«Hammasi ichida» tarifida quyidagilar bor:

- 5 mln so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalari;

- keyinroq to‘lash xizmati;

- Yandex Plus obunasi;

- Setanta Sports platformasidan foydalanish imkoniyati;

- xarajatlar monitoringi.

Endi bu ro‘yxatga har kunlik foyda ham qo‘shiladi.

Yana nima o‘zgaradi:

«Hammasi ichida» tarifi endi yanada qulay narxda. Uni oyiga 44 990 so‘m emas, balki chegirmali narxda 29 990 so‘mga ulash mumkin bo‘ladi.

Xarajatlarni qulay tarzda kuzatib borish mumkin bo‘lgan «Asosiy» tarifi endi «Monitoring» deb nomlanadi.

payme kundalik yumushlarni yanada osonroq hal qilish uchun har doim yoningizda. Endi esa keshbek bilan birga.

Yangilangan ofertani ushbu havola orqali o‘qib chiqishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring