Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirli haydovchi: «Keksalar va bolalarning la’nati qotillari»

Sirli haydovchi: «Keksalar va bolalarning la’nati qotillari»

Foto: «Reuters»

Noma’lum kimsa boshqaruvida bo‘lgan avtomobil Germaniya kansleri Angela Merkel idorasi darvozasiga borib urilgan, deya xabar berdi «Reuters» guvohlarning so‘zlariga tayanib.

Haydovchisi g‘oyib bo‘lgan mashinada «Keksalar va bolalarning la’nati qotillari» degan yozuv chiqqanligi aytilmoqda.

Jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar haqida hali hech qanday ma’lumot yo‘q. Sirli haydovchining hibsga olinishi haqida ham birorta xabar keltirilmagan. Yuz bergan hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Merkelning o‘zi hodisa paytida Germaniya federal yerlari rahbarlari bilan videokonferensiya o‘tkazishi, unda izolyasiya tartiblarini uzaytirish hamda koronavirus tarqalishiga qarshi navbatdagi qadamlar muhokama qilinishi kerak edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring