Sirdaryoda moratoriy joriy qilinadi
Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi.
Prezident Farmoni (PF-46-son, 11.03.2024 y) bilan «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi, shuningdek, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Sirdaryo daryosining yuvilgan qirg‘oqlarini mustahkamlash, qirg‘oq bo‘yi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter