Sirdaryoda haydovchi piyodani urib ketib, voqea joyidan qochdi. Piyoda halok bo‘lgan
![Sirdaryoda haydovchi piyodani urib ketib, voqea joyidan qochdi. Piyoda halok bo‘lgan](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2089401679.jpg)
Sirdaryoda piyodani urib ketib, voqea joyidan qochib ketgan noma’lum avtomashina haydovchisi qidirilmoqda. Piyoda shifoxonada vafot etgan.
Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
2020-yil 26-oktyabr kuni Mirzaobod tumani hududidan o‘tgan Yangiyer-Toshkent yo‘nalishida noma’lum avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 1991-yilda tug‘ilgan piyoda P.A.ni urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan. Piyoda P.A. shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
«Yuqoridagilarni inobatga olib fuqarolarimizdan holat yuzasidan biror ma’lumotga ega bo‘lsalar Sirdaryo viloyati IIB YHXBga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz» - , deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter