Sirdaryoda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
15-yanvar kuni Xovos tumani «Qahramon» MFYda joylashgan 2 qavatli binoning 1-qavatida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida 2 ta xonadonning qurilish konstruksiyalariga shikast yetgan.
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etgan, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan.
Holat haqida xabar topgan viloyat hokimi hamda tegishli mas’ullar ham voqea joyiga yetib bordi, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter