Sirdaryoda chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotayotgan ayol ushlandi

5-may kuni Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida fuqaro E.Sh chaqalog‘ini fuqaro R.Gga 10.200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida Sirdaryo viloyati IIBT va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Voqea joyida gumonlanuvchidan 10.200 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
E.Shning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter