Sirdaryoda ayoli bilan yarashish uchun qaynotasinikiga borgan kuyov og‘ir jinoyatga qo‘l urdi
Sayxunobodda ayoli bilan yarashish maqsadida qaynotasining uyiga borgan erkak — o‘zaro kelishmovchilik natijasida turmush o‘rtog‘ini qasddan pichoqladi.
«Sirdaryo Xabarlari»ning Sirdaryo viloyat prokuraturasiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, 2021-yil 24-yanvar kuni soat soat 16:30larda Sayxunobod tuman IIBga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tezkor xabar kelib tushadi.
Unga ko‘ra, 1988-yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan fuqaro, 2 nafar farzandning onasi Sh.R., Sayxunobod tumani «Shodlik» mahallasida yashovchi otasi N.S.ning xonadonida istiqomat qilayotgan vaqtida 1987-yilda Guliston shahrida tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i N.E. yarashish uchun kelib, Sh.R. bilan alohida xonaga yarashish uchun chiqib gaplashayotgan vaqtida o‘zaro kelishmovchilik negizida janjallashib qolishadi.
Oilaviy kelishmovchilik natijasida N.E. o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan Sh.R. tanasining turli joylariga uch marotaba qasddan uradi. Shu vaqtida janjalni eshitib kelgan N.S. ko‘rib, kuyov qo‘lidagi pichog‘ini tashlab, hodisa sodir bo‘lgan joydan qochib ketadi.
Sh.R. «o‘ng qovurg‘a osti sohasi, orqa ikki kurak orasi sohasi hamda yuz sohasi chap chakkasi lo‘nj qismi jarohatlari, post gematomik shok 1-2 darajasi» tashxisi bilan RShTYoIM Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro N.Rasuljanovaga yetkazilgan tan jarohatining og‘irlik darajasi bo‘yicha «hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast» deb ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 24-yanvar kuni Sayxunobod tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro N.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.E. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter