Sirdaryoda 32 yoshli ayol va uning 3, 7 va 10 yoshli farzandlari is gazidan vafot etdi
2020-yil 25-noyabr kuni Sirdaryo viloyati Xovos shaharchasi, «Do‘stlik» MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida is gazidan zaharlanish tufayli bir oilaning to‘rt nafar a’zosi vafot etdi. Bu haqda Kun.uzga marhumning yaqinlari ma’lum qilgan.
Aniqlanishicha, ushbu ko‘p qavatli xonadonlarda gaz bosimi pasayib ketganligi tufayli qo‘lbola pech orqali uy isitilgan.
Xonadon bekasi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol va uning 3 nafar, 3, 7 va 10 yoshli farzandlari vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda, so‘ng Sirdaryoda yosh kelin-kuyov, Navoiyda aka-uka qurbon bo‘lishgandi. Shuningdek, Nukusda ijarada yashayotgan 4 nafar talaba, Yangiyo‘lda bir oila is gazidan zaharlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter