Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda 3 egizak tug‘ildi

Sirdaryoda 3 egizak tug‘ildi

Guliston shahridagi Bog‘ishamol mahallasida istiqomat qiluvchi To‘lqin To‘rayev va Robiya To‘rayevalar oilasida 15 may kuni 3 egizak dunyoga kelgan.

Chaqaloqlarning vazni 1,6-1,9 kilogrammdan oshmaganligi bois, ular 15 kun mobaynida markaz vrachlari va hamshiralari nazoratida bo‘lgan. Ayni vaqtga kelib, Madinaning vazni 1,8 kg., o‘rtanchasi Mustafoning vazni 2,4 kg., eng kichigi Mubinaning vazni esa 1,8 kg.ni tashkil etadi.

— Chaqaloqlarning salomatligi yaxshi, — degan markaz direktori Xanifa Sodiqova. — Bugun ularga javob beryapmiz. Endi ular oila shifokori nazoratida bo‘ladi. Shifokorlar doimiy ravishda belgilangan tartibda chaqaloqlar parvarishiga yordam berib, amaliy maslahatlarini berib borishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring