Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi

Sirdaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.

Prezident Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Maxmudaliyev nomzodini tavsiya etdi.

Nomzod hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalarini taqdimot qilgach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Akmal Mahmudaliyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

Yig‘ilish davomida viloyatni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tumanlar hokimlarining rejalari tinglandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring