Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida nosozlik yuzaga keldi
Bugun, soat 17:15da Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod, Yangiyer va Xovos tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda, deyiladi Energetika vazirligi bayonotida.
Ta’kidlash kerakki, ushbu hududlardagi referendum uchastkalar dizel generatorlari bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning elektr ta’minotida uzilish kuzatilmagan.
Mavjud yetishmayotgan quvvatlar Toshkent va Navoiy issiqlik elektr stansiyalari va «Chorvoq» gidroyelektr stansiyasining zaxira quvvatlari hisobidan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Hozirda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining maxsus brigadalari tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va hududlarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter