Singapurda mudhish rekord qayd etilishiga nima sabab bo‘ldi?
Singapurda koronavirusga chalinganlar soni o‘tgan bir kecha-kunduzda 287 kishiga ko‘payib, jami 1910 kishiga yetdi, bu rekord ko‘rsatkichdir, deb xabar berdi «Straits Times» nashri.
Gazetaning yozishicha, yangi holatlarning aksariyati yotoqxonalarda yashovchi xorijiy ishchilarda aniqlangan.
Singapur hukumati vaziyatni tartibga solish uchun allaqachon politsiya va qurolli kuchlarni jalb etgan. Sog‘lom xorijiy ishchilar maxsus harbiy lagerlardagi yotoqxonalarga ko‘chiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter