Sifatsiz akkumulyator sotgan tadbirkor uni yangisiga almashtirib berdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasi «Ishonch telefoni»ga Karmana tumani, Malikrabod qo‘rg‘onida yashovchi fuqaro M. O‘rinboyevdan murojaat kelib tushgan.
Murojaatda aytilishicha, fuqaro Navoiy shahridagi «Texnoplanet» savdo majmuasida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari sotish do‘konidan o‘tgan yilning sentyabr oyida o‘zining «Tiko» avtomobili uchun 350 ming so‘mga 2 yil kafolat muddatiga ega akkumulyator sotib olgan.
Ammo akkumulyator 3 oydan so‘ng ishlamay qolgan. Fuqaro sifatsiz mahsulot sotgan tadbirkorga bu haqda murojaat qiladi, ammo u turli vajlar bilan uni almashtirib bermagan.
Voqea Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hamda fuqaroning o‘zi ishtirokida o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida sifatsiz akkumulyator yangisiga almashtirib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter