Sitsiliya mafiyasining cho‘qintirgan otasi Matteo Messina Denaro vafot etdi
U ikki marta umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Politsiya uni 16 yanvar kuni Palermoda hibsga olgandi, u yerda Denaro kimyoterapiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan. So‘nggi yillarda yo‘g‘on ichak saratonining og‘ir shaklidan aziyat chekkan «Koza Nostra» yetakchilaridan biri qariyb 30 yildan buyon qidiruvda edi.
1993 yilda Denaro dunyodagi eng xavfli o‘nta jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mafiya boshlig‘i o‘zi tug‘ilib o‘sgan Sitsiliyadagi Kastelvetrano shahrida dafn etilishi kutilmoqda, deb xabar berdi Rai News telekanali.
U haqida nimalar ma’lum:
- Denaraning otasi ham mafiya a’zosi bo‘lgan va o‘g‘liga 14 yoshidan qurol ishlatishni o‘rgatgan (yosh mafiya o‘zining birinchi qotilligini 18 yoshida sodir etgan);
- U jinoiy doiralarda otasining raqibi va homilador rafiqasini o‘ldirgach tanilgan;
- Matteo Messina Denaro qurbonlari soni bir necha o‘nlab kishini tashkil etadi (bu u shaxsan o‘ldirganlar soni);
- Italiyalik huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, u Rim, Florensiya va Milanda amalga oshirilgan bir nechta portlashlarda ishtirok etgan;
- Politsiya, shuningdek, Denaroga bolalarning o‘ldirilishi, jumladan mafiya a’zosi, rasmiylar bilan hamkorlik qilgan Santino di Matteoning 12 yoshli o‘g‘lini qatl qilish ayblovini qo‘ygan;
- Denaroning qurbonlari ro‘yxatida, shuningdek, mamlakatdagi ikki taniqli huquq posboni (sudya va prokuror) Jovanni Falkone va Paolo Borsellinoni ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter