Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sibir o‘rmonlari 15 yilda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Sibir o‘rmonlari 15 yilda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Foto: «Pikabu.ru»

Daraxt kesilishi hozirgidek shiddat bilan davom etgan taqdirda, 15 yildan so‘ng Sibir o‘rmonlari yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu haqida Sukachev nomidagi o‘rmonchilik instituti direktori Aleksandr Onuchin ma’lumot berib o‘tgan.

Uning fikriga ko‘ra hozirdanoq yog‘och tayyorlash uchun o‘rmon yetishmovchiligi boshlangan. Bu daraxtlarning betartib kesilishi, yong‘inlar va zararli hasharotlar bilan bog‘liq. Boz ustiga daraxtlari kesilgan joylar shu holicha tashlab ketilmoqda va qarovsizlik natijasida o‘rmon o‘rnini butazorlar egallayapti.



Daraxt kesuvchilar shimol tomon ketgani sari, o‘rmonning qayta tiklanish imkoni pasayib boraveradi. Boisi, iqlim sovuq bo‘lgan joyda daraxt o‘sishi uchun juda ko‘p vaqt talab qilinadi.

Sibir o‘rmonlari sayyoramizda uglerod regulyasiyasida katta katta o‘rin tutadi. Daraxtlar yo‘q bo‘lib ketishi iqlim uchun katta xavf tug‘diradi. Yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rmon kesilishidagi «korrupsiya va jinoyatchilik»ni to‘liq nazorat qilishning imkoni bo‘lmayotganini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring