Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin va Emmanuel Makron O‘zbekiston stendi oldida. Xitoydan maxsus reportaj (foto+video)

Si Szinpin va Emmanuel Makron O‘zbekiston stendi oldida. Xitoydan maxsus reportaj (foto+video)

Foto: ciie.org

Dunyo bozorini birlashtirishga urinayotgan Xitoy  bu yil ikkinchi marotaba yirik — «China International Import Expo» ko‘rgazmasiga mezbonlik qilmoqda.

«China International Import Expo»da 130 dan ortiq davlatdan 2,5 mingdan ziyod kompaniyalar ishtirok etmoqda. Xorijdan hamkorlar topish, mahsulot va xizmatlarni reklama qilish uchun bundan ortiq imkoniyat bo‘lmaydi. Yarmarka zamonaviy Xitoyning yuzi bo‘lgan Shanxayda, xalqaro ko‘rgazmalar markazida o‘tmoqda.

Foto: ciie.org

Ko‘rgazma pavilonini 256 kvadrat metrlik joyni egallagan O‘zbekiston stendi bezab turibdi. Stendda mamlakatimiz yetakchi tarmoqlarining ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati namoyish etilmoqda. Ular orasida «O‘zbekneftgaz», «O‘zkimyosanoat», «O‘zcharmsanoat» va boshqa tashkilot hammda kompaniyalarning stendlari o‘rin olgan. O‘ziga xos milliy maydonchamizga tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi, turizm salohiyati, investitsion imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘lmoqda. 

Foto: «Xabar.uz»

Ushbu xalqaro ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston – Xitoy biznes forumi o‘tkazilmoqda. Unda ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarining bugungi holati, ishga solinmagan imkoniyatlar tahlil etilib, aloqalarning yangi qirralarini ochuvchi loyihalar muhokama qilinmoqda.

Caption
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Ko‘rgazma yakunida Xitoy va boshqa qator mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan katta miqdorda investitsion va eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. «China International Import Expo» xalqaro ko‘rgazmasi davom etyapti.

Nafosatxon Tojiboyeva,
«Xabar.uz» uchun Shanxaydan maxsus

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring