Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy rahbari etib saylandi

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy rahbari etib saylandi

Butunxitoy xalq vakillari kengashi deputatlari bir ovozdan Si Szinpinni uchinchi besh yillik muddatga Xitoy raisi lavozimiga qayta sayladilar.

Davlat rahbari saylovi 10 mart, juma kuni ertalab yalpi majlisda yashirin ovoz berish yo‘li bilan bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, u mamlakatning barcha qurolli kuchlariga rahbarlik va yagona qo‘mondonlikni ta’minlovchi Xitoy Markaziy Harbiy Kengashi rahbari lavozimiga qayta saylandi.

Si Szinpin ilk bor 2013 yil mart oyida Xitoy Xalq Respublikasi raisi etib, 2018 yil mart oyida esa ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylangandi.

XXR raislik lavozimi 1954 yilda mamlakat Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan tashkil etilgan bo‘lib, bu lavozimni birinchi bo‘lib Mao Szedun egallagan. Mazkur lavozim 1975 yilda tugatilib, yetti yildan keyin qayta tiklanadi. Ilgari Konstitutsiya bir shaxsning XXR prezidenti lavozimini ikki martadan ortiq egallashini cheklagan bo‘lsa, 2018 yil martida Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng tegishli cheklovlar olib tashlangan.

Si Szinpin bu yil 70 yoshga to‘ladi va u hokimiyatda yana qancha vaqt qolishni rejalashtirayotgani haqida aniq taxminlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring