Si Szinpin Samarqandda rasmiy kutib olindi (foto)
15-sentyabr kuni Samarqanddagi Kongress markazida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpin shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy yetakchilarining muzokaralari boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, XXR raisi kecha, 14-sentyabr sanasida O‘zbekistonga yetib kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter