Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin G20 sammitida bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Si Szinpin G20 sammitida bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Xitoy rahbari Si Szinpin oziq-ovqat va energetika muammolarini siyosiylashtirish va qurollantirishga qarshi turishga, bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish va tegishli ilmiy-texnikaviy hamkorlikdagi cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi.

Bugun Xitoy rahbari Si Szinpin G20 sammitida ishtirok etib, nutq so‘zladi. Uning fikricha, mafkuraviy demarkatsiya va bloklar qarama-qarshiligi faqat jahon taraqqiyotiga putur yetkazadi. U bir tomonlama sanksiyalarni va ilmiy-texnikaviy hamkorlikdagi cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi.

«Oziq-ovqat va energiya xavfsizligi global rivojlanishning eng dolzarb muammolaridan biridir. Hozirgi inqirozning asosiy sababi ishlab chiqarish va talab sohasidagi muammolar emas, balki yetkazib berish zanjirlari bilan bog‘liq muammolar va xalqaro hamkorlikning buzilishidir», deya ta’kidladi Xitoy rahbari.

Shuningdek, Si Szinpin qazib olinadigan energiya iste’molini kamaytirish va toza energiya manbalariga o‘tish jarayonida iqtisodiyot va odamlarning moddiy turmush sharoitiga ta’sir qilmasligi uchun barcha omillarni hisobga olish kerakligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida G20 davlat rahbarlarining oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga bag‘ishlangan ikki kunlik sammiti bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring