Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariyada kovidga qarshi emlangan yana 16 kishi vafot etdi

Shveysariyada kovidga qarshi emlangan yana 16 kishi vafot etdi

Foto: EPA/UPG

Shveysariya hukumati kovidga qarshi emlashdan so‘ng yuz bergan 16 ta o‘lim holati haqida xabar berdi. Ushbu ma’lumot 26-fevral kuni hukumat saytida joylashtirilgan.

Ushbu mamlakatda avval ham olti kishi vaksina qabul qilganidan so‘ng vafot etgandi.

24-fevral holatiga vaksinaning nojo‘ya asoratlari to‘g‘risida jami 364 ta murojaat bo‘lgan. Shundan 199 tasi «Pfizer/BioNTech» (AQSh-Germaniya), 154 tasi «Moderna» (AQSh) vaksinasi bo‘yicha.

Vaksina olganlarning 95 nafarini kasalxonaga yotqizishga to‘g‘ri kelgan: ularda COVID-19 keltirib chiqargan bosh og‘rig‘i va allergik reaksiyalar simptomlari, jumladan, anafilaktik shok holatlari kuzatilgan.

Ushbu bemorlarning 16 nafari vafot etgan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etganlar o‘rtacha 86 yoshda bo‘lib, ko‘pchiligi jiddiy kasalliklarga ega edi.

Vaqti bir paytga to‘g‘ri kelgani bilan, bu o‘limlarga aynan vaksina sababchi bo‘lganini tasdiqlovchi dalillar yo‘q, deya bayonot berdi «Swissmedic» agentligi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring