Shveysariya ham Rossiya samolyotlari uchun osmonini yopdi
Shveysariya bugun, 28-fevraldan boshlab o‘z havo kengliklari Rossiyadan keluvchi barcha reyslar va ushbu mamlakat ramzlari tushirilgan samolyotlar uchun yopilganini e’lon qildi.
Faqat insonparvarlik va tibbiy yordam ko‘rsatish hamda diplomatik maqsadlar uchun istisnolar ko‘zda tutilgan.
Ushbu bayonot bugun Shveysariya federal kengashi rasmiy saytida joylashtirildi.
Bungacha Yevropa ittifoqi mamlakatlari hamda Buyuk Britaniya Rossiya samolyotlari uchun shunday cheklovni joriy etgan, o‘z navbatida, bugun Rossiya javob chorasini qo‘llab, 36 mamlakat va hudud samolyotlari uchun o‘z osmonini yopgandi.
Ro‘yxatlar yangilanmoqda...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter