Shvetsariyada Qur’on musobaqasi o‘tkazildi. Bizda-chi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasida saytida Shvetsariyada Qur’on musobaqasi o‘tkazilgani haqida xabar berildi. Aytilishicha, ushbu davlat tarixida ilk bor o‘tkazilgan mazkur musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha (!) bo‘lgan 50 nafardan ortiq Qur’on hofizlari qatnashgan.
Ushbu xayrli tadbirga Quvaytning «Xalqaro Rahmat» jamiyati homiylik qilgani, musobaqa mamlakat aholisi tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olingani ta’kidlanadi. Tanlov yakuniga ko‘ra, g‘oliblar muborak Haj safari uchun yo‘llanma, qolgan ishtirokchilar esa pul mukofotlari bilan taqdirlangan.
O‘tgan yili muhtaram Prezidentimiz tashabbusiga ko‘ra O‘zbekistonda ham Qur’on musobaqasi o‘tkazilgan edi. Katta uyushqoqlik va o‘zgacha ishtiyoq bilan o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi davlat rahbarining xos sovrini - avtomashina bilan taqdirlangandi. An’anaga aylanishi kutilgan mazkur tadbir bu yil negadir o‘tkazilmadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi esa hozircha bunga izoh berganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter