Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shunchaki dahshat! Er-xotin bolasini o‘ldirib, murdani yoqib, maydalab, daryoga oqizishgan

Shunchaki dahshat! Er-xotin bolasini o‘ldirib, murdani yoqib, maydalab, daryoga oqizishgan

4-noyabr kuni bir ayol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, 5 yoshli qizini Bektemir tumanida joylashgan “Compass” savdo majmuasida yo‘qotib qo‘yganini aytgan.

Toshkent shahar prokuraturasi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi bu ayol va erining ko‘rsatmalaridan shubhalangan. Qidiruvga qaramasdan, farzandi bir kun mobaynida topilmagani sababli, u qotillik jinoyati qurboni bo‘lgani tusmoli asosida darhol Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida aniqlanishicha, 25-oktyabr kuni kechasi soat 03:00 lar atrofida er-xotin Sergeli tumanida ijarada yashab kelgan xonadonda spirtli ichimlik iste’mol qilishib, farzandini urib, do‘pposlab, qasddan o‘ldirganlar.

So‘ngra sodir etilgan jinoyatlarini yashirish va jazodan qutulish maqsadida, murdani yo‘qotish payiga tushganlar. Uni yo‘l sumkasiga joylashtirib, shu kuni tongda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi ijaraga olingan dala hovliga olib borishgan. Murda o‘choqda yoqilib, so‘ng yonmay qolgan qoldiqlari qopga solinib, Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.

Shundan keyin, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chalg‘itish va asl holatni yashirish maqsadida, farzandi bedarak yo‘qolib qolganini “sahnalashtirganlar”.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida bolaning murda suyaklari topilib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha er-xotin qasddan odam o‘ldirishda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Tergov harakatlar davom ettirilmoqda, natijasiga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring