Shumaxerning o‘g‘li ham «shumaxerlik» qilyapti
«Prema Racing» jamoasining germaniyalik poygachisi Mik Shumaxer Sochida bo‘lib o‘tayotgan «Formula-2» chempionatining o‘ninchi bosqichi birinchi poygasida g‘alaba qozondi.
Taniqli poygachi Mixael Shumaxerning o‘g‘li uchun ushbu g‘alaba mavsumdagi ikkinchisi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lib marrani «Carlin» jamoasidan yaponiyalik Yuki Sunoda kesib o‘tdi (6,3 soniyaga kechikdi). Bronza britaniyalik Kallum Aylottga nasib qildi (+9,4; UNI-Virtuosi jamoasidan).
Mik Shumaxer 21 yoshda. U yetti karra Formula-1 chempioni Mixael Shumaxer va rafiqasi Korinnaning o‘g‘li, shuningdek, boshqa poygachilar — Ralf Shumaxer va Sebastyan Shtallarning jiyani hisoblanadi: ular ham o‘tmishda poygada qatnashishgan. Mik 2018-yil Yevropada bo‘lib o‘tgan «Formula-3»da chempionlikni qo‘lga kiritgandi. 2019-yilgi mavsumda Formula-2 chempionatida «Prema» jamoasi safida ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter