Shukrullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit qamaldi

Taniqli san’atkor Shukrullo Isroilovning Mercedes-Benz avtomobilini o‘g‘irlab ketgan yigit sud hukmi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bilan ayblangan edi.
Xabarga ko‘ra, avtomashina Isroilovning farzandi nomida bo‘lgan. U mashina olib qochilganini bilib, ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Transport vositasi Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zargarlik ko‘chasida to‘xtatilgan, uni boshqargan shaxs jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlariga topshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 1998-yilda tug‘ilgan Sherzod ismli shaxs transport vositasini ochiq qoldirilganidan foydalanib, uni olib qochgan.
«Shu mashinani haydab ko‘rishga qiziqardim. Mashina ochiq turgandi, oldida hech kim yo‘q edi, unga o‘tirib, haydab ketdim. Shahar aylanib, Uchtepa tumanidagi «moyka» oldida to‘xtaganimda YPX xodimlari kelib ushladi. Qilgan ishimdan afsusdaman», — dedi u sudda.
Sudda Isroilovning o‘g‘li sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter