Shuhrat Boymurodov Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor bo‘ldi

Shuhrat Abdujalilovich Boymurodov Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Boymurodov 2017-yildan shu paytgacha Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymuradovning 165 ta ilmiy va o‘quv uslubiy ishlari (2 monografiya, 3 o‘quv qo‘llanma, 8 uslubiy qo‘llanma, 4 ixtiroga patent, 93 ta maqola) e’lon qilingan. Shulardan 43 tasi xalqaro nashrlarda chop etigan.
Toshkent tibbiyot akademiyasida ilmiy ishlar prorektori lavozimida ishlash davrida Respublika miqyosidagi bajariladigan 20 ta va 2 ta xalqaro ilmiy grant, Yevropa ittifoqining «Erasmus plyus» loyihalari bo‘yicha 5 ta grantni amalga oshirgan.
Shuhrat Boymurodov Rossiya fanlar akademiyasining tabiiy fanlar akademigi diplomi egasidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter