Shuhrat Abdurahmonovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Karimov Dilshodbek Abdumalikovich tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
D.Karimov Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. U tayinlovga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter