Shri-Lankadagi portlashlarni IShID terrorchilari o‘z zimmasiga oldi
Shri-Lankada 21 aprelda bo‘lib o‘tgan portlashlarni IShID terrorchilari uyushtirgani tan olindi.
Terrorchilik tashkiloti tashviqotini yuritadigan Amaq agentligi shunday bayonot bilan chiqish qilgan. Xabar qilinishicha, IShID terrorchilari portlashlarda ishtirok etmagan, ammo ularni tashkil etishga undagan.
Amaq bayonotida IShIDga qarshi qurolli harakatlarda ishtirok etgan davlatlar nasroniylari nishon ostiga olingani haqida gap ketadi. Kecha, 23 aprelda Shri-Lanka hukumati portlashlar o‘ch olish maqsadida uyushtirilganini tahmin qilayotgani aytilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shri-Lankada 21 aprelda 8 ta portlash bo‘lib o‘tdi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda 321 kishi halok bo‘lgan va 520dan ortiq odam yaralangan. Portlashlar natijasida xorijlik 35 inson o‘lgan. Ular orasida Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy va Germaniya fuqarolari bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter