Shri-Lanka poytaxtida komendantlik soati joriy etildi
Shri-Lanka poytaxti Kolomboda tartibsizliklar yuz berganidan so‘ng komendantlik soati joriy etildi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
Kolombodagi to‘rt yirik politsiya okrugida, jumladan, markaziy okrugda cheklov kuchga kirdi. Muddati qachongachaligi noma’lum.
NDTV telekanali xabariga ko‘ra, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat keskin yomonlashib borayotganidan norozi 5 mingga yaqin kishi kecha, 31-mart kuni namoyishga chiqqan. Ular prezident qarorgohigacha borib, davlat rahbaridan iste’foga chiqishni talab qilishgan. Alal-oqibat tinch namoyish politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi, ayrim isyonchilar prezident qarorgohiga kirishga urinishdi. Shundan so‘ng ularga qarshi politsiya maxsus bo‘linmalari tashlandi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter