Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shotlandiyada bir shisha viski 1,1 million dollarga sotildi

Shotlandiyada bir shisha viski 1,1 million dollarga sotildi

Shotlandiyada 60 yillik viski shishasi kimoshdi savdosida 1,1 million dollarga sotildi, deya xabar beradi «Euronews» nashri.

«Macallan Valerio Adami 1926» nomli bu viskini Edinburg shahrida o‘tkazilgan kimoshdi savdosida osiyolik kolleksioner sotib olgan. Xaridorning ismi ma’lum qilinmagan, u savdoda telefon orqali qatnashgan.

Aytilishicha, «Makallan» Shotlandiyada eng mashhur va noyob viskilardan. U bor-yo‘g‘i 24 shisha ishlab chiqarilgan. Ichimlik 1026 yilgi hosildan tayyorlangan bo‘lib, 1986 yilda qadoqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring