Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shotlandiyada robot ishdan «haydaldi». Unga o‘rganib qolgan sotuvchi qayg‘uga botdi

Shotlandiyada robot ishdan «haydaldi». Unga o‘rganib qolgan sotuvchi qayg‘uga botdi

«Pepper» modelidagi Fabio ismli robot.

Foto: «TJournal»

Shotlandiyaning «Margiotta» supermarketlar tarmog‘ida «Pepper» modelidagi Fabio ismli robotdan bir hafta davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida foydalanildi. Biroq robot bir haftadan so‘ng malakasizligi va mijozlarning xavfsirashi sababli ishdan bo‘shatildi, deb xabar berdi «TJournal».

«Pepper» modelidagi robotlar turli sohalarda qo‘llaniladi. Fabio supermarketda xaridorlarga ma’lumot berishi, mahsulotlarni reklama qilishi va ularni qayerdan topish mumkinligini aytishi kerak bo‘lgan. Supermarket tarmog‘i egalari ta’kidlashicha, «birinchi hissiyotli robot» hisoblangan «Pepper» dastlabki kunlarda hammani hazillarga va quchoqlash takliflariga ko‘mib tashlagan.

Ammo u o‘zining asosiy vazifalarni uddalay olmagan. Robot ko‘plab savollarga umumiy va foydasiz javoblar qaytargan. Supermarketdagi shovqin sababli u odamlarning so‘zlarini farqlay olmagan va mijozlar savolni bir necha marta takrorlashga majbur bo‘lgan.

Bir necha kundan keyin Fabio g‘o‘sht rastasiga o‘tkazilgan, biroq robot bu yerda ham o‘z ishini eplay olmagan: odamlar 12 nafar mijozga xizmat ko‘rsatganida, yapon qurilmasi atiga 2 kishiga go‘sht tortib berga olgan. 

Natijada «Margiotta» do‘konlar tarmog‘ining egalari odamlar «hissiyotli robot»dan qochishayotganini sezib qolgan va uni «ishdan bo‘shatish»ga qaror qilgan. Fabio «Heriot-Watt» universitetiga yuborilgan. O‘quv yurti laboratoriyasi direktori Oliver Lemonning so‘zlariga qaraganda, do‘kon xodimlari bir hafta ichida Fabioga juda bog‘lanib qolgan. Hatto uni olib ketishayotganida sotuvchilardan biri yig‘lagan ham.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring