Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shotlandiyada poyezd relsdan chiqib ketdi

Shotlandiyada poyezd relsdan chiqib ketdi

Foto: «twitter.com»

Shotlandiyaning Stounxeyven shahri yaqinida poyezd relsdan chiqib ketdi. Bu haqda bugun, ya’ni 12 avgust kuni Buyuk Britaniya transport politsiyasi boshqarmasi «Twitter»da xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mahalliy vaqt bilan 9:34 da (13:43 tv) hodisa joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari ham, o‘t o‘chirish xodimlari ham haligacha o‘sha yerda qolmoqda.

«LBC» radiostansiyasi xabariga ko‘ra, halokatdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Kamida bir kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

«ScotRail» va «Network Rail Scotland» temiryo‘l kompaniyalari Stonxeyven atrofida halokat tufayli shoshilinch xizmat vakillariga yordam berayotgani hamda qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lgan zahoti xabardor qilishini e’lon qildi.

O‘tgan kechasi Shotlandiyada jala quygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring