Kuchli yomg‘ir, shamol, chang-to‘zon... «O‘zgidromet» yana ogohlantirdi
Joriy yilning 8 may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga va 9-11-may kunlari respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.
8 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 9-11-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:
- 9-mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
- 10-mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
- 10-11-mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
10-11 mayda kunduzgi havo harorati 20-25° gacha pasayadi.
2022 yil 11 may yog‘ingarchilik miqdori (12 soatda mm) tarqalishi xaritasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter