Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoping uchun MDHning qaysi shaharlariga borish kerak?

Shoping uchun MDHning qaysi shaharlariga borish kerak?

Foto: «Moskva-Baku»

«Turstat» agentligi xarid qilishni yaxshi ko‘ruvchi rossiyalik sayyohlar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi va MDH shaharlari reytingini tuzdi.

Birinchi o‘rinda — Ozarbayjon poytaxti Boku shahri. 2018-yilning may oyida bu yerda o‘tkazilgan shoping-festival xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p sotilgan narsalar — kiyim-kechak, maishiy texnika, elektronika, kosmetika va parfyumeriya.

Ikkinchi o‘rinda — Ostona shahri. Qozog‘iston poytaxtiga kelgan sayyohlar ko‘plab kiyim-kechak, poyabzal, zargarlik buyumlari, musiqa asboblari, hatto kolleksion qurollargacha xarid qilmasdan ketishmaydi.

Belarus poytaxti rus sayyohlari shoping-ro‘yxatida uchinchi o‘rinda. Minsk shahri mo‘ynali kiyimlari, maishiy texnikasi va matolari bilan sayyohlarni ko‘proq jalb qilmoqda.

Umuman olganda, rossiyalik turistlar MDH davlatlarida o‘rtacha hisoblaganda 2-3 kun bo‘lishadi va xarid uchun ming dollargacha sarflashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring