Shomurodovning jamoadoshi noodatiy rekord o‘rnatdi
Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Stefan el-Shaaraviy qatorasiga uch o‘yindan beri Rim qahramoniga aylanyapti — gollarni faqat overtaymlarda kiritmoqda.
A seriyaning 33-turida «Roma» safarda «Napoli» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Rimliklarning yagona golini El-Shaaraviy 91-daqiqada urdi. Bu mavsumda urgan gollari atigi uchta, lekin hammasi 90-daqiqadan so‘ng, qo‘shib berilgan vaqtda kiritilgan gollar.
Stefan oldingi 90+ daqiqalardagi gollarini «Sassuolo» va «Milan» darvozalariga joylagandi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida hali hech bir futbolchi 90-daqiqadan so‘ng uchta gol ura olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter