Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodovning goli «Rostov»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Shomurodovning goli «Rostov»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Foto: «Uff.uz»

Rossiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan «Rostov» – «Krasnodar» uchrashuvi yakuniga yetdi. «Rostov-Arena»da kechgan bahsda durang natija qayd etildi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida mehmonlar penaltidan gol urib oldinga o‘tib olishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov mazkur bahsning 67-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va bu o‘zgarish samara bermay qolmadi.

89-daqiqada Eldor o‘zi boshlagan hujumni gol bilan yakunlab, rostovliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Shormurodov g‘alaba to‘pini kiritishi mumkin edi, biroq uning bosh bilan bergan zarbasini mehmonlar posboni qaytarib qoldi.

Shu tariqa, «Rostov» ochkolarini 37taga yetkazib olgan holda 7-o‘rinda bormoqda. «Krasnodar» (47) esa 3-pog‘onadan joy olgan.

RPL, 27-tur
«Rostov» – «Krasnodar» 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 25, penalti Klasson, 1:1 – 89 Shomurodov.
«Rostov» – Pesyakov, Gatskan, Xadjikadunich, Novoselsev, Normann, Parshivlyuk, Chernov, Yeremenko, Glebov (Kalachev, 68), Popov (Sigurdarson, 90), Ionov (Shomurodov, 67).
«Krasnodar» – Safonov, Petrov, Martinovich, Spayich, Ramires, Gazinskiy, Foluson, Pereyra (Olsson, 83), Vanderson (Suleymanov, 71), Ignatev (Ari, 66), Klasson.
Ogohlantirishlar: Novoselsev (24), Glebov (67), Gazinskiy (72), Xadjikadunich (85), Parshivlyuk (90).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring