Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shohrux reper deputat bo‘ldi

Shohrux reper deputat bo‘ldi

Foto: Instagram/shoxrux

O‘zbekiston shou-biznesida rep yo‘nalishidagi ijodi bilan tanilgan Shohrux Shodmonov Toshkent shahar Chilonzor tumani kengashiga xalq deputati etib saylandi. Bu haqda xonandaning o‘zi instagramdagi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.

«Aziz hamyurtlar! Mana, sizlarning ovozlaringiz bilan Toshkent shahar Chilonzor tumani kengashiga Xalq deputati bo‘lib saylandim! Mendan balandparvoz gaplarni kutmang, mening fikrimcha, har bir deputat saylangan hududida bor muammolar bilan maksimal ishlashi kerak, xalq esa (o‘zi) baho beradi. Barchangizdan minnatdorman! Ishonchingiz uchun rahmat!» – deya izoh qoldirgan xonanda.

Shohrux Shodmonov avvalroq musiqa bilan xobbi sifatida shug‘ullanishini, lekin hayot faqat qo‘shiqlardan iborat emasligini va u yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi ekanini bildirib, deputatlikka o‘z nomzodini qo‘yganini ma’lum qilgandi. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovning dastlabki natijalari kecha e’lon qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring