Shohjahon Ergashev kutilmagan bayonot bilan chiqdi
Bokschi Shohjahon Ergashev kutilmagan bayonot bilan chiqdi. Unda sportchi boksdan ketganini e’lon qilgan.
«Uzoq vaqt uyda bo‘lmadim, va otam meni uyga kelishimni so‘radi. Otam bilan juda ham ko‘p suhbatlashdik, o‘z bo‘lsa ham bosib otgan yollarimizni yodga oldik. Man 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni so‘radi. Hamma narsani bosh va oxiri bo‘lganiday sport ham abadiy emas. Meni qo‘llab quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!
Men hayotimda yangi sahifa ochyapman! Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda bo‘lsam faqatgina o‘zim uchun ringda bo‘laman. O‘zimni yangi sohada sinab ko‘raman,ammo bu sport sohasi emas. Barcha omad!»— deya yozgan Ergashev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter