Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shinavanda hokimlar: Qobil Tursunov rubobni «sayratdi», Shuhrat Abdurahmonov esa qo‘shiqni... (video)

Shinavanda hokimlar: Qobil Tursunov rubobni «sayratdi», Shuhrat Abdurahmonov esa qo‘shiqni... (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov rubob chalayotgani aks etgan lavha tarqaldi. Qisqa lavhada hokim sozni «sayratib» yuborganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Sirasini aytsak, shinavanda hokimlar kam emas. Masalan, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov. U qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirgan va katta shov-shuvga sabab bo‘lgan tadbirda qo‘shiq kuylagani ma’lum bo‘ldi.  

«Quyosh, nuring sochaver mo‘l-mo‘l! Bahor, ketma bizning boshlardan!» deya xonish etishga harakat qilgan amaldorning ijrosida qo‘shiqning so‘zlari o‘zgacha, tagma’noli ifodalangandek tuyuladi go‘yo.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring