Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shimoliy oqim»dagi «gaz favvorasi» fazoda ko‘rindi

«Shimoliy oqim»dagi «gaz favvorasi» fazoda ko‘rindi

Foto: GHGSat

GHGSat kompaniyasiga qarashli sun’iy yo‘ldosh Boltiq dengizida, Shvetsiya sohillari yaqinida «Shimoliy oqim» quvuridan otilib chiqqan gaz oqimini suratga oldi.

Rossiya va Germaniyani bog‘lovchi «Shimoliy oqim-2» ikkita gaz quvurining yorilgan bitta quvuridan metan otilib chiqqandi.

Yorilish nuqtasida metan gazi oqimi tezligi soatiga 79 tonnani tashkil etgan. Bu GHGSat shu paytgacha aniqlagan «bitta manbadan sizib chiqishlar»ning eng yirigidir.

Metan — issiqxona effektiga sababchi bo‘luvchi gaz, atmosferaning u bilan ifloslanishi shundoq ham o‘zgaraverishlardan tolgan sayyoramizning iqlimini yanada tanglashtirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring