Shimoliy Koreyada avtomobil yo‘llari pullik bo‘ladi

2018-yil 20-yanvardan boshlab KXDRda asosiy magistral yo‘llar pullik bo‘ladi. Birinchi pullik yo‘l Pxenyan – Vonsan tezyurar sayyohlik yo‘nalishda yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Life» sayti xabar bermoqda.
Rossiya elchixonasining xabar berishicha, endilikda «Shimoliy Koreya poytaxtidan Yaponiyaning (Sharqiy) dengiz sohilidagi Vonsan plyajiga yoz mavsumida borishni xush ko‘ruvchi rossiyaliklar avtomagistrallardan o‘tish uchun 8 yevro to‘lashlari kerak bo‘ladi».
Elchixonaning aytishicha, yangilik nafaqat rossiyaliklarga, balki boshqa xorijiy va mahalliy avtomobil sohiblariga ham tegishlidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter