Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreyada aholi ehtimoliy urush xavfi sabab armiyaga ommaviy yozilmoqda

Shimoliy Koreyada aholi ehtimoliy urush xavfi sabab armiyaga ommaviy yozilmoqda

Shimoliy Koreyaning yuz minglab fuqarolari Amerika Qo‘shma Shtatlarga qarshi ehtimoliy urushda qatnashishga tayyorligini ma’lum qildi.

Birgina juma kuni 800 000 ga yaqin odam qurolli kuchlar safiga qo‘shildi yoki qayta ro‘yxatga olindi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Rodong Sinmung gazetasi yozmoqda. 

Nashr AQSh va Janubiy Koreyaning davom etayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini sharhlar ekan, Vashington va Seulning «provokatsiyalari» «qizil chiziqni kesib o‘tayotgani» va «bunga endi toqat qilib bo‘lmasligi»ni yozgan.

Maqolada aytilishicha, Shimoliy Koreya dushmanning harbiy salohiyatini «yengib o‘ta olishini» namoyish etishga intilmoqda.

AQSh va Janubiy Koreya rasmiy Pxenyanning qattiq ogohlantirishlariga qaramay, yil boshidan buyon bir qator harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Hafta boshida ittifoqchilar yirik harbiy mashqlarni boshladilar. 11 kunlik mashg‘ulotlar 2017- yildan beri kuzatilmagan miqyosda o‘tkazilmoqda va dala mashqlari va amfibiya qo‘nishlarini o‘z ichiga oladi.

Pxenyan bu manevrlarni o‘z hududiga bostirib kirish uchun potensial repetitsiya sifatida ko‘rmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring