Shimoliy Koreya mudofaa vaziri keskin bayonot berdi
Rasmiy Pxenyan Koreya yarim orolida yadro urushi muqarrarligiga ishonchi komil. Bu haqda KXDR mudofaa vaziri Kan Sun Nam Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasida ma’lum qilgan.
«Koreya yarim orolidagi yadroviy urush endi bu bo‘ladimi yoki yo‘qmi degan savol emas, balki uni kim va qachon boshlashi asosiy masaladir. Qo‘shma Shtatlar va Koreya Respublikasidagi qo‘g‘irchoqlarning yadro urushi istagi Koreya yarim oroli va Shimoliy-Sharqiy Osiyoni yadro urushining yangi o‘chog‘iga aylantirmoqda», — dedi u.
Avvalroq, 13-iyul kuni namoyish etilgan «Xvason-18» qattiq yoqilg‘i qit’alararo ballistik raketasi KXDRga qarshi yadroviy tajovuzni to‘xtatishning ishonchli vositasi bo‘lishi ma’lum qilingandi.
Iyun oxirida Shimoliy Koreyada AQShni «yo‘q qilishga» chaqiruvchi ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tgandi. UNda 120 mingdan oshiq kishi qatnashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter