Shimoliy Koreya karantinbuzarlarga shafqat qilmayapti
Shimoliy Koreya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan cheklov qoidalarini buzganligi uchun jazo tariqasida fuqaroni omma oldida qatl etdi. Bu haqda «Radio Free Asia» o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
«Noyabr oyi oxiridan Koreya ishchilar partiyasi markaziy qo‘mitasi favqulodda karantin choralarini «ultra yuqori darajadagi favqulodda karantin choralari»ga almashtirdi», — dedi Xitoy bilan chegaradosh Shimoliy Pyongan viloyatida (Pxyonan-Pukto) istiqomat qiluvchi fuqaro.
«Ular chegara hududida yashaydigan mahalliy aholini qo‘rqitib qo‘yish maqsadida odamlar ko‘z o‘ngida jinoyatchini qatl etishdi. Chunki chegaraning narigi tomonidagi odamlar bilan juda ko‘p aloqalar bo‘lgan, jumladan, ko‘plab kontrabandalarga yo‘l qo‘yilgan», — deyiladi xabarda.
O‘limga hukm qilingan odam xitoylik biznes hamkorlari bilan chegara orqali kontrabanda qilishda ayblangan 50 yoshlardagi erkak edi.
Xitoy Shimoliy Koreyaning eng yirik savdo hamkori va homiysi hisoblanadi. Lekin pandemiya tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq 75 foizga qisqardi. Kontrabandachilar virusni olib kirishi mumkinligidan xavotirlanayotgan KXDR rasmiylari cheklovlarga amal qilishni ta’minlash uchun chegaradagi harbiylar sonini kuchaytirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter