Shimoliy Koreya AQShga keskin tahdid qildi
Shimoliy Koreya amerikalik qonunchilar KXDRning raketa uchirilishiga javoban taklif qilgan sanksiyalariga nisbatan «qattiqroq javob berish» haqida ogohlantirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi ma’lum qildi.
«Agar Qo‘shma Shtatlar qarama-qarshilik pozitsiyasini egallashda davom etsa, KXDR kuchliroq va aniqroq javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi», — degan KXDR TIV vakili Shimoliy Koreya agentligi tarqatgan bayonotda.
Diplomat yaqinda amalga oshirilgan raketa uchirilishi «o‘zini himoya qilish huquqini amalga oshirishdir», deya aytib o‘tgan.
Avvalroq Vashington Shimoliy Koreyaning qator raketa uchirishlariga BMT sanksiyalari bilan javob berishni taklif qilgani ma’lum bo‘lgan edi. Gap 2021 yilning kuzidan beri oltita ballistik raketaning uchirilishi haqida bormoqda, ular BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalarini buzgan holda amalga oshirilgan.
Shimoliy Koreya 5 yanvar kuni ovozdan tez uchuvchi raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Raketa 700 kilometr masofani bosib o‘tgan va nishonga aniq tekkan. KXDR yetakchisi Kim Chen In sinovlarda ishtirok etmagan. Qayd etilishicha, bu KXDR qurollarining joriy yilda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan birinchi sinovidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter